Akademiyada mamlakatimiz kuch tuzilmalari va huquqni muhofaza qiluvchi organlarining harbiy qism hamda ta’lim muassasalari amaliyotchi-xodimlari va professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda talabalarning kasbiy tayyorgarligi bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish va rivojlantirishga, ularni kelgusi xizmat faoliyatiga tayyorlashga alohida e’tibor berilmoqda.
Xususan, “Harbiy va jismoniy tayyorgarlik” moduli doirasida “Fuqaro muhofazasi” fanidan “Shaxsiy himoya vositalari” mavzusida bakalavriatning 1-kurs talabalari bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalarining harbiy xizmatchilari ishtirokida binar amaliy mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Binar mashg‘ulotlar davomida kuch tuzilmalari va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda mavjud shaxsiy himoya vositalari, ularning maqsadi va vazifalari, ko‘z, nafas yo‘llari va terini himoya qiluvchi vositalardan foydalanish tartibi hamda shu kabi boshqa masalalar amaliy ko‘rib chiqildi va har bir talaba belgilangan me’yoriy mashqlarni bajardi.