Hurmatli tinglovchilar!
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasining “Prokurorlik faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha sirtqi shakli 1-kurs tinglovchilari diqqatiga:
joriy yilning 10-fevralidan 22-fevraliga qadar Akademiyada siz uchun nazariy ta’lim (dars mashg‘ulotlari) o‘tkaziladi.
Shu munosabat bilan, tinglovchilar 2025-yil 10-fevral kuni soat 09:00 ga qadar Akademiya o‘quv binosiga yetib kelishi lozim.
Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Rixsiliy ko‘chasi 9-uy.