IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati situatsion markazida sayyor mashg‘ulot

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati situatsion markazida sayyor mashg‘ulot


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasi tinglovchilarining O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga tashrifi tashkil etildi.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari ishtirokida magistratura tinglovchilari yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar, mazkur faoliyatda zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli monitoring tizimlarining qo‘llanilishi bilan tanishdilar.

Tashrif davomida tinglovchilarga situatsion markazning asosiy vazifalari, zamonaviy kuzatuv texnologiyalari, intellektual transport tizimlari hamda yo‘l harakati nazoratini takomillashtirish bo‘yicha yangiliklar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, ular amaliyotda foydalanilayotgan raqamli platformalar va monitoring tizimlarining ishlash jarayoni bilan tanishdilar.

Magistratura tinglovchilari markaz faoliyatiga katta qiziqish bildirib, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan innovatsion yondashuvlar haqida savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilishdi.

Ushbu sayyor mashg‘ulot tinglovchilarda nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, sohadagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish asosida kelajakdagi ish faoliyati uchun zarur bo‘lgan kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi.