Akademiya talabasi dzyudo musobaqalarida yuqori o‘rin egalladi

Akademiya talabasi dzyudo musobaqalarida yuqori o‘rin egalladi


Akademiyada talabalarni kasbiy tayyorgarligi bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish va shu bilan birga sportga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish, ularni kelgusi xizmat faoliyatiga tayyorlashga alohida e’tibor berilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.10.2018-yildagi “O‘quvchi va talaba yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 864-son Qaroriga asosan sport musobaqalarini o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mitaning nizomiga muvofiq Akademiya talabalari sport turlari bo‘yicha tuman, shahar va respublika bosqichlarida muntazam ravishda ishtirok etib kelmoqdalar.

Akademiya bakalavriat bosqichining talabalari oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida joriy yilning 6-fevral kuni o‘tkazilgan "Universiada-2024" sport musobaqasining dzyudo turi bo‘yicha  shahar saralash bosqichida “Tergov faoliyati” yo‘nalishi 2-kurs rus guruhi talabasi Mirsagatov Bobur Akbarovich +100 kg vaznda 3-o‘rin sohibi bo‘ldi va dzyudo federatsiyasi tomonidan diplom bilan taqdirlandi.