Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan sud va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida Ilmiy-tadqiqot konsortsiumi doirasida “Yosh olimlar minbari” ruknida joriy yilning 26 may kuni soat 10-00 da “Yuridik fan va huquqni qo'llash amaliyotining dolzarb muammolari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy video-konferentsiyasi tashkil etiladi.
Ilmiy-amaliy konferensiya ishida mamlakatimizdagi yuridik oliy o'quv yurtlarining yosh olimlari – doktorant, mustaqil izlanuvchilar va magistratura tinglovchilarining qatnashishi kutilmoqda.
Mazkur video-konferensiya ishida ishtirok etuvchilar 2020 yil 26 may soat 09:30 dan 10:00 ga qadar https://conf.uzcloud.uz/#login_by_id havolasi orqali ro'yxatdan o'tishlari taklif etiladi.
Kirish uchun parol – ID2284.