Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlisda Akademiya faoliyatiga oid bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi.
Jumladan, Akademiyaning 2024 yilning 2-yarmidagi faoliyati natijalari tanqidiy muhokama qilinib, jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan ayrim xodimlarga nisbatan keskin ta’sir choralari ko‘rildi.
Shu bilan birga, qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tadqiqot ishini yakunlamasdan, nizom talablarini buzgani sababli Akademiya mustaqil izlanuvchilarining 32 nafarini mustaqil izlanuvchilar safidan chiqarilish haqida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, Akademiya professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorantlari hamda mustaqil izlanuvchilari tomonidan tayyorlangan o‘quv adabiyotlari, monografiyalar hamda tadqiqot natijalari bo‘yicha boshqa ishlanmalarni nashrga tavsiya etish masalasi muhokama qilindi, shuningdek bir necha xodimlar ilmiy unvonlarga tavsiya etildi.
Majlis kun tartibidagi boshqa masalalar yuzasidan ham tegishli qarorlar qabul qilindi.