ЕU-AСТ dasturi mintaqaviy koordinatori bilan uchrashuv

ЕU-AСТ dasturi mintaqaviy koordinatori bilan uchrashuv


Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 2025-yil 24-fevral kuni ЕU-AСТ dasturi (Yevropa Ittifoqining uyushgan jinoyatchilik va terrorizmga qarshi kurash harakati) Markaziy Osiyodagi mintaqaviy koordinatori Kaspars Valpeteris bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Dastur Yevropa Ittifoqi moliyaviy ko‘magida a’zo davlatlar konsorsiumi tomonidan amalga oshirilayotgan bo‘lib, u hamkor davlatlarga uyushgan jinoyatchilik va terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha ko‘mak ko‘rsatish shuningdek, transregional va mintaqaviy hamkorlik mexanizmlarini yaxshilashga qaratilgan.

Uchrashuvda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va yanada kengaytirish, mintaqaviy va ikki tomonlama loyihalarni amalga oshirish, uyushgan jinoyatchilik va terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha salohiyatni oshirishga qaratilgan tashabbuslar muhokama qilindi.