O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining bo‘linmasiga tashrif

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining bo‘linmasiga tashrif


Akademiyada yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda Vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usini shakllantirish, ta’lim jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash orqali talabalar kasbiy tayyorgarligi bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish va mustahkamlash, kelgusi xizmat faoliyatiga tayyorlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy qismiga 1-kurs talabalarini tashrifi tashkillashtirildi.

Tadbir davomida talabalarga harbiy orkestr, harbiy xizmatchilar tomonidan ko‘l jangi va o‘qotar qurollar, xizmat hayvonlari bilan chiqishlari hamda Milliy gvardiya bo‘linmalarida mavjud harbiy texnika, qurol-yarog‘ va maxsus vositalar ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Shu bilan birga, talabalar harbiy xizmatchilarning turli sharoitlarda, jumladan, jangovar va ekstremal vaziyatlarda harakatlar olib borish bo‘yicha o‘quv mashqlari bilan yaqindan tanishishga muyassar bo‘ldilar hamda ular tomonidan ham ayrim amaliy mashqlar katta qiziqish bilan bajarildi.