Zahiriddin Muhammad Boburning madaniy va tarixiy merosiga bag‘ishlangan tadbir

Zahiriddin Muhammad Boburning madaniy va tarixiy merosiga bag‘ishlangan tadbir


Akademiyada buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi, Boburiylar sulolasi asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542-yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Muhammadali Abduqunduzov, Akademiya xodim va talabalari ishtirok etdilar.

Taniqli san’at arbobi so‘zga M.Abduqunduzov o‘zining mazmunli chiqishida Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi, davlatchilik shakllanishidagi tutgan o‘rni hamda dunyo ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan tahsinga sazovor hissasi borasida fikr yuritdi.

Akademiya talabalari ishtirokida Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub g‘azal va ruboiylardan iborat she’rxonlik, shuningdek mavzuga oid sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Tadbir davomida shuningdek viktorina o‘tkazildi va unda faol ishtirok etgan g‘olib talabalar munosib taqdirlandi.