O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida talabalarda vatanparvarlik, mas’uliyat va daxldorlik tuyg‘ularini rivojlantirish, ularning dunyoqarashi hamda ma’naviy yuksalishida jadidchilik falsafasining ahamiyati borasidagi bilimlarini mustahkamlash maqsadida “Jadidchilik tafakkurida milliy taraqqiyot va ma’naviy yuksalish masalalari” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Baxrom Irzayev, Bosh prokuratura boshqarma prokurori Sirojiddin Saparbayev, Qurbonboyev, Akademiya xodimlari va talabalari ishtirok etdilar.
Ishtirokchilarga jadid ma’rifatparvarligi falsafasining milliy yuksalish hamda inson ma’naviy taraqqiyotida tutgan o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Tadbir doirasida shuningdek jadidchilik g‘oyalari va falsafasini talaba-yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish hamda har tomonlama mukammal o‘rganilishini ta’minlash maqsadida “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan insholar tanlovi g‘oliblari rag‘batlantirildi.
Tadbir ishtirokchilari mavzu yuzasidan savollariga batafsil javoblar oldilar.