Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari” mavzusida tashkil etilgan malaka oshirish kursi yakunlandi.
Mazkur kursda respublika tijorat banklarining ichki nazorat xizmatlari xodimlari malaka oshirdilar.
Malaka oshirish kursi dasturi doirasida o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotlari tinglovchilarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha qonunchilik, xorijiy valyutadagi operatsiyalar borasida qonunchilik talablari, kriptovalyutalar bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan.
Kurs natijasi bo‘yicha tinglovchilarga belgilangan tartibdagi sertifikatlar taqdim etildi.