Qozog‘iston Respublikasi I.Jansugurov nomidagi Jetisu davlat universiteti delegatsiyasi tashrifi

Qozog‘iston Respublikasi I.Jansugurov nomidagi Jetisu davlat universiteti delegatsiyasi tashrifi


O‘zbekistonda bo‘lishi davomida Qozog‘iston Respublikasi I.Jansugurov nomidagi Jetisu davlat universiteti rektori Ye.A.Buribayev boshchiligidagi delegatsiyaning Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga tanishuv tashrifi amalga oshirildi.

Akademiya rahbariyati bilan uchrashuv davomida tomonlar istiqboldagi rejalar, xususan kelgusida hamkorlik kelishuvini imzolash, ilmiy va ta’lim yo‘nalishida o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma tadqiqotlarni amalga oshirish, akademik mobillik hamda talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, xodimlarning malakasini oshirish va stajirovkalarni tashkillashtirish, xalqaro grantlar doirasida tadbirlar tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, xorijiy delegatsiya Akademiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, shu jumladan prokuratura va tergov organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish,ilg‘or texnologiyalar va yondashuvlar asosida ta’lim jarayonini tashkil etish masalalari, zamonaviy o‘quv infrastrukturasi, professor-o‘qituvchilar, talaba va tinglovchilarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.