Tergovchilar uchun elektiv kursga start berildi

Tergovchilar uchun elektiv kursga start berildi


Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning surishtiruv va tergov tuzilmalari xodimlari uchun elektiv malaka oshirish kursi boshlandi.

O‘quv kursi Akademiyaning axborot-ta’lim portali negizida masofaviy shaklda tashkil etilgan. Mazkur kursda Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat bojxona qo‘mitasining 110 nafardan ortiq tergovchi va surishtiruvchi xodimlar ishtirok etmoqda.

Elektiv kurs maqsadi tinglovchilarning jinoyat va hodisa bo‘yicha birlamchi harakatlarni amalga oshirish, hodisa joyini ko‘zdan kechirish, bedarak yo‘qolgan shaxsni qidirish, pora olish va qasddan odam o‘ldirish jinoyatlarini tergov qilish usullari borasidagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

Mazkur kursda tahsil olish tinglovchilarning jinoyatlarni tergov qilish metodikasi va taktikasini samarali belgilash asosida jinoyat ishlari bo‘yicha mustaqil ish yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.