O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Kutubxonalar va raqamli transformatsiya: Yangi davrda axborot xizmati” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, "E-LINE PRESS" mas’uliyati cheklangan jamiyati vakillari, Akademiya professor-o‘qituvchilari mustaqil izlanuvchilar hamda tayanch doktorantlar ishtirok etdi.
Seminar doirasida zamonaviy kutubxonalarda texnik ta’minot talablari va yechimlari, sun’iy intellekt texnologiyalarining rivojlanishi, kutubxona tizimlarida foydalanuvchiga yo‘naltirilgan xizmatlarni yaratish vazifalari kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi. Tadbir ishtirokchilari sohadagi muammolar va ularni hal etish yo‘llari yuzasidan fikr almashib, ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashdilar.