Akademiyada ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi

Akademiyada ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi


Huquqni muhofaza qilish akademiyasi – prokuratura hamda surishtiruv va tergov faoliyatini amalga oshirish vakolatiga ega davlat organlari uchun malakali kadrlar tayyorlashga mas’ul yagona ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi bo‘lib, o‘z faoliyatini ochiq va shaffof amalga oshiradi. Jamoatchilik uchun muntazam ravishda tadbirlar, uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

14-mart kuni Toshkent viloyati Parkent tumani o‘rta umumta’lim maktablarning bitiruvchilari uchun navbatdagi Ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi.

Ishtirokchilar uchun taqdimot tashkil etilib, Akademiya bakalavriatiga qabul va o‘quv jarayonini tashkil etishning o‘ziga xos jihatlari va afzalliklari bo‘yicha batafsil axborot berildi.

Akademiya o‘quv binolarida ekskursiya jarayonida mehmonlar zamonaviy ta’lim infrastrukturasi bilan tanishtirildi.

Mehmonlarga akademiyada ta’lim olish imkoniyatlari, kirish sinovlari va talabalar ta’lim olishi va tadqiqot olib borishi uchun uchun yaratilgan qulayliklar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Xususan, Akademiyaga qabul qilishda abituriyentlarning muayyan toifalariga respublikaning boshqa oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi.

Akademiya bitiruvchilari vakolatli davlat organlariga xizmatga qabul qilinganda faqat ofitserlar tarkibiga kiruvchi yoki darajali unvon berilishi ko‘zda tutilgan lavozimlarga tayinlanadi.

Ishtirokchilar Akademiya bakalavriatiga qabulni va ta’lim jarayonlarini tashkil etish tartibiga oid savollariga atroflicha javoblar olishdi.