Huquqni muhofaza qilish akademiyasida professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish, ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalar va metodikalarni joriy etish maqsadida izchil va tizimli ishlar olib borilmoqda.
Mazkur faoliyat doirasida 2025-yil 14-mart kuni Akademiyaning O‘quv-uslubiy boshqarmasi katta prokurori p.f.n., dotsent B.S.Nuridinov tomonidan “O‘quv jarayonini kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etish masalalari” mavzusida navbatdagi seminar-trening tashkil etildi.
Seminar-treningda oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida ta’lim mazmunini belgilovchi o‘quv-normativ hujjatlarning turlari, ularning mazmun-mohiyati, kredit-modul tizimida o‘qitishda fan dasturlarini (sillabuslarni) kompetensiyaviy yondashuv asosida ishlab chiqishning o‘ziga xos xususiyatlari, kompetensiya tushunchasi hamda o‘quv dasturida belgilangan kompetensiyalarni o‘quv mashg‘ulotlarida shakllantirish masalalari batafsil muhokama qilindi.
Tadbirda har bir kafedra tomonidan o‘zlariga tegishli muayyan modul bo‘yicha kompetensiyalarni o‘quv mashg‘ulotida shakllantirishni rejalashtirish yuzasidan amaliy mashq bajarildi.
Seminar-trening so‘ngida mavzu yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.