Jinoyatchilik sodir etilishi sabablarini tizimli tahlil qilish bo'yicha Shayxontohur tumani ekspert-tahlil guruhining birinchi yig'ilishi bo'lib o'tdi

Jinoyatchilik sodir etilishi sabablarini tizimli tahlil qilish bo'yicha Shayxontohur tumani ekspert-tahlil guruhining birinchi yig'ilishi bo'lib o'tdi

Joriy yilning 21 noyabr kuni Shayxontohur tuman prokuraturasida tumanda jinoyatchilik sodir etilishi sabablarini tizimli tahlil qilish ekspert-tahlil guruhining birinchi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Tuman prokurori rahbarligidagi guruh yig'ilishi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 31 oktyabrdagi “Jinoiy-huquqiy statistika tizimini tubdan takomillashtirish va jinoyatlarni tizimli tahlil qilish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5566-sonli Farmoniga asosan jinoyatlarning sodir etilishi sabablarini tizimli tahlil qilish va o'rganish bo'yicha prokuratura organlari oldiga qo'yilgan yangi vazifalarning ijrosini ta'minlash maqsadida tashkillashtirildi.

Yig'ilishda jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan tuman ekspert-tahlil guruhi tarkibidagi prokuratura, ichki ishlar, soliq, sog'liqni saqlash, bandlik va mehnat munosabatlari, ta'lim organlari, xotin-qizlar qo'mitasi, o'zini-o'zi boshqarish organlari, “Nuroniy” jamg'armasi, Yoshlar ittifoqi vakillari hamda taklif qilingan Bosh prokuratura Akademiyasi, Ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi va Toshkent shahar prokuraturasi xodimlari ishtirok etdi.

Yig'ilish ishtirokchilari tumandagi jinoyatchilik holatini muhokama qilib, jinoyatlarni oldini olish va unga qarshi kurashish mexanizmlari, jinoiy-huquqiy statistikani yuritish va jinoyatlarni tahlil qilish jarayoni, huquqbuzarliklar profilaktikasi yuzasidan batafsil ma'lumot olishdi.

Bundan tashqari, ekspert-tahlil guruhining jinoyatlarni sodir etilishi sabablarini tizimli tahlil qilish va o'rganish faoliyatini samarali olib borishini ta'minlash maqsadida aniq chora-tadbirlar va vazifalar belgilab olindi.