Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga Sankt-Peterburg davlat universiteti professori, yuridik fanlar doktora V.Arxipovning tashrifi bo‘lib o‘tdi.
Tashrif doirasida tomonlar ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar. Mehmon Akademiyaning faoliyati, o‘quv va ilmiy bazasi bilan yaqindan tanishdi.
Professor V.Arxipovning Akademiya talabalari va tinglovchilari uchun «Axborot texnologiyalari huquqi bo‘yicha dolzarb muammolar» mavzusida ma’ruza qilgani tashrifning muhim qismi bo‘ldi.
Ma’ruza shiddat bilan o‘zgarayotgan raqamli dunyo sharoitida axborot texnologiyalarini huquqiy tartibga solish va ma’lumotlarni himoya qilish sohasidagi muhim jihatlarni yoritib, ishtirokchilar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.