Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Talabalik bahori” doirasida she’rxonlik va kitobxonlik musobaqasi o‘tkazildi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Talabalik bahori” doirasida she’rxonlik va kitobxonlik musobaqasi o‘tkazildi


Huquqni muhofaza qilish akademiyasida milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizni o‘zida mujassam etgan “Talabalik bahori” an’anaviy festivali doirasida she’rxonlik va kitobxonlik musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda talabalar o‘z bilim va iste’dodlarini namoyon etishdi. Musobaqani “Oqila ayollar” harakati a’zosi, “Sayyod best” MCHJ rahbari Mahliyo Xusanova hamda “Yosh kitobxon - 2018” tanlovi g‘olibi, "Mutolaa" ilovasi mutaxassisi Shohsanam Xolboyeva olib borishdi.

Tadbir doirasida faol qatnashgan talabalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Mazkur musobaqa yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, badiiy so‘z san’atiga bo‘lgan e’tiborini kuchaytirish va ma’naviy yetuk avlodni tarbiyalashga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.