Professor-o‘qituvchilarning ilmiy va pedagogik mahoratini oshirish bo‘yicha seminar-trening

Professor-o‘qituvchilarning ilmiy va pedagogik mahoratini oshirish bo‘yicha seminar-trening


Huquqni muhofaza qilish akademiyasida professor-o‘qituvchilarning ilmiy va pedagogik mahoratini oshirish, ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalar va metodikalarni joriy etish maqsadida tizimli ishlar izchil olib borilmoqda.

Mazkur faoliyat doirasida Shvetsiyaning Lund universiteti tadqiqotchisi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, (PhD) D.Xamzayev ishtirokida “Sun’iy intellekt va ilmiy tadqiqot: joriy muammolar va istiqbol” mavzusida navbatdagi seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-trening davomida, ilmiy ishlar olib borish doirasida sun’iy intellektdan foydalanish va ularning ahamiyati haqidagi masalalar batafsil muhokama qilindi. Tadbirda har bir ishtirokchi tomonidan o‘zlariga tegishli muayyan ilmiy ish yoki maqola bo‘yicha sun’iy intellektdan foydalangan holda amaliy mashqlar bajarildi.

Seminar-trening so‘ngida mavzu yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berib o‘tildi.