Idoralararo hamkorlik doirasidagi navbatdagi tadbir

Idoralararo hamkorlik doirasidagi navbatdagi tadbir


Huquqni muhofaza qilish akademiyasi huquqni muhofaza qilish faoliyatining turli sohalarida ilmiy tadqiqot faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli ishlarni olib bormoqda. Mamlakatimizning ilmiy va ta’lim muassasalari bilan mustahkam aloqalar o‘rnatilib, Akademiyaning ilmiy tadbirlarida yuqori malakali olimlar, ekspertlar va katta ish tajribasiga ega amaliyotchilar ishtirok etib kelmoqda.

Akademiyada o‘tkazilgan navbatdagi ilmiy seminarda Toshkent davlat yuridik universiteti professorlari hamda prokuratura organlarining faxriy xodimlari ishtirok etdilar.

Ilmiy muhokamalar jarayonida ishtirokchilar ilmiy va huquqni qo‘llash amaliyotidagi dolzarb masalalarni muhokama qilib, tegishli takliflar va tavsiyalar bildirdilar.

Mehmonlar shuningdek prokuratura va tergov organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ilg‘or texnologiyalar va yondashuvlar asosida ta’lim jarayonini tashkil etish, zamonaviy o‘quv infratuzilmasi va professor-o‘qituvchilar, talaba va tinglovchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

«Coworking» markazida bakalavriat talabalari bilan faxriy mehmonlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvda mehmonlar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, kelajakda huquqni muhofaza qilish sohasida ishlaydigan xodim uchun zarur bo‘lgan shaxsiy va kasbiy sifatlar haqida suhbatlashdilar.