Qurolli kuchlar akademiyasi tinglovchilari uchun o‘quv kursi tashkil etildi

Qurolli kuchlar akademiyasi tinglovchilari uchun o‘quv kursi tashkil etildi


O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari akademiyasi magistratura mutaxassisligi tinglovchilari ishtirokida Huquqni muhofaza qilish akademiyasida qisqa muddatli malaka oshirish kursi tashkil etildi.

Mudofaa vazirligi tizimining turli bo‘g‘inlarida faoliyat olib borayotgan ofitserlar “Operativ strategik bo‘g‘im” hamda “Davlat va harbiy boshqaruv” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z bilim va malakalarini oshirdilar.

Unda tinglovchilarga O‘zbekiston Respublikasida mudofaa sohasida olib borilayotgan siyosatning asosiy yo‘nalishlari, qurolli kuchlarda qonunbuzilishi holatlari va qonunlar ijrosi ustidan prokuror nazorati, harbiylar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi, rahbar faoliyatida kommunikativ kompetentlik, liderlik psixologiyasi, konfliktli vaziyatlar va ularni boshqarish imkoniyatlari bo‘yicha asosiy bilimlar berilib, qonunchilik asoslari tushuntirildi.

Shuningdek, tinglovchilarga bevosita Harbiy prokuraturada sayyor mashg‘ulot o‘tkazilib, ularga mazkur prokuraturaning faoliyat yo‘nalishlari va funksiyalari to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berildi.

Kurs natijasi bo‘yicha tinglovchilarga belgilangan tartibda maxsus sertifikatlar taqdim etildi.