“Yoqilg‘i-energetika sohasida davlat nazoratini takomillashtirish masalalari” kursi boshlandi

“Yoqilg‘i-energetika sohasida davlat nazoratini takomillashtirish masalalari” kursi boshlandi


Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Bosh prokuratura bilan hamkorlikda yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika shtabi a’zolari ishtirokida “Yoqilg‘i-energetika sohasida davlat nazoratini takomillashtirish masalalari” mavzusida qisqa muddatli o‘quv kursi boshlandi.

O‘quv kursi tinglovchilari tarkibi Ichki ishlar vazirligi xodimlari, “O‘zenergoinspeksiya”, “O‘zneftegaz”, “Milliy elektr tarmoqlari”, “Issiqlik elektr stansiyalari”, “Hududiy elektr tarmoqlari”, “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyatlari mutaxassislari hamda oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilaridan iborat.

O‘quv mashg‘ulotlari Bosh prokuratura va Akademiya xodimlari, yuqoridagi vazirlik va idoralarning mutaxassislari tomonidan olib borilib, o‘quv dasturi yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha shtablar faoliyatini tashkil etish, ularning asosiy vazifalari, yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish, talon-toroj qilish holatlarini oldini olish, bartaraf etish, energiya resurslarini uzatish va taqsimlashdagi texnologik yo‘qotishlarning oldini olish, energiya resurslarini iqtisod qilish borasidagi ishlarni tashkil etish, energetika sohasini raqamlashtirish orqali rivojlantirish istiqbollari kabi masalalarni qamrab olgan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar nazarda tutilgan.

Mazkur kurs natijalariga ko‘ra, tinglovchilar orasidan murabbiylar jamoasi shakllantirilib, guruhlarga bo‘lingan holda hududiy va tuman-shahar shtablari a’zolarining malaka hamda kasbiy ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan sayyor seminar mashg‘ulotlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.