Akademiya tomonidan ekologik madaniyatni yuksaltirish, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha ishlar tizimli amalga oshirib kelinmoqda.
Loyiha doirasida tashkil etilgan navbatdagi tadbirda Akademiya rahbariyati va xodimlari faol ishtirok etdilar. Tadbirda 100 tup manzarali va 320 tup butali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Ko‘chatlar hududning iqlim sharoitidan kelib chiqib, bog‘lar hosil qilish va ko‘kalamzorlashtirishni nazarda tutgan holda tanlab olindi. Ekilgan ko‘chatlar muntazam ravishda agrotexnik talablar asosida parvarish qilinib, mineral va organik o‘g‘itlar bilan oziqlantiriladi va zararkunandalardan himoya qilib boriladi.
Akademiya xodimlari tomonidan mazkur dastur doirasidagi ishlar muntazam amalga oshirib boriladi.