BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasi bilan korrupsiyaga qarshi kurash sohasida hamkorlikni mustahkamlash

BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasi bilan korrupsiyaga qarshi kurash sohasida hamkorlikni mustahkamlash

Bosh prokuratura Akademiyasi faoliyatiga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish doirasida joriy yilning 18-22 noyabr kunlari Akademiyaga BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasining korrupsiyaga qarshi kurash chora-tadbirlari sohasidagi eksperti Konstantin Polikarskining tashrifi tashkil etildi.

Ekspert Akademiyaning faoliyati, o'quv jarayonining tashkil etishdagi yondashuv, Akademiyada yaratilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta'lim markazi va Jinoyatlarni sodir etilishi sabablarini tizimli tahlil qilish va o'rganish markazining ishi bilan tanishib chiqdi.

Tashrif davomida K.Polikarski markazlarning salohiyatini ko'tarish, o'quv modullarini tayyorlash, Korruptsiyaga qarshi kurash bo'yicha respublika idoralararo komissiyaning faoliyatiga ko'maklashish, korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha o'rta muddatli istiqbol uchun mo'ljallangan dastur loyihasini tayyorlash yuzasidan konsul`tativ maslahatlari bilan ko'mak berdi.

Ekspertning Akademiya rahbariyati bilan uchrashuvlar tashkil etilib, unda hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi, o'zaro manfaatga ega bo'lgan hamkorlikdagi yo'nalishlar bo'yicha kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, Korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha respublika idoralararo komissiya boshchiligida Akademiya negizida K.Polikarski tomonidan boshqa xorijiy mutaxassislar bilan birgalikda korruptsiyaga qarshi kurashish masalalarida turli maqsadli guruhlar uchun mo'ljallangan seriyali treninglar o'tkazildi.