IIV akademiyasi magistrantlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi

IIV akademiyasi magistrantlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Ichki ishlar vazirligi akademiyasi magistraturasi tinglovchilari uchun o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Mashg‘ulotlarda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi magistraturasi “Tashkiliy-taktik boshqaruv” mutaxassisligining 43 nafar tinglovchisi o‘z bilim va malakalarini oshirdi.

Tinglovchilarga ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratining o‘ziga xos xususiyatlari, raqamli kriminalistika, raqamli dalillarni qayd etish, mobil qurilmalar kriminalistikasiga oid batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, tinglovchilar huquqni muhofaza qilish organlari uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish yuzasidan Akademiyada joriy etilgan ta’lim dasturlari, shuningdek, kiberlaboratoriya, kriminalistik poligon, kriminalistik laboratoriya, sud imitatsiyasi zali hamda boshqa amaliy va simulyatsion o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish imkonini beradigan zamonaviy ta’lim infratuzilmasi bilan tanishtirildi.

Mashg‘ulotlar yakunida ishtirokchilar Akademiyada tashkil etilgan Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatiga oid taqdimot bilan tanishdilar.