Bosh prokuratura Akademiyasida 2020 yil 27 may kuni Akademiya tashkil topganligining 2 yilligiga bag'ishlangan “Huquqni muhofaza qilish sohasidagi ta'lim salohiyatini oshirish: muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy onlayn-konferentsiya bo'lib o'tadi.
Konferentsiyaning maqsadi – ilm-fan va ta'limga innovatsion yondashuvlarni joriy etishning yutuqlari va natijalarini muhokama qilish uchun platforma yaratish, tajriba almashish hamda sohada mavjud muammolarni hisobga olgan holda huquqni muhofaza qilish mutaxassislari uchun o'quv jarayonini yanada takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish.
Tadbirda 50 dan ortiq xorijiy va milliy ekspertlar, shuningdek, 20 ta davlat va 10 ta xalqaro tashkilotlarning amaliyotchilari ishtirok etadi.
Anjuman Zoom platformasida, Toshkent vaqti bilan soat 13:00 da (UTC+05: 00) boshlanadi.
Qo'shimcha ma'lumot uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin:
(71) 202-04-96 (1717, 1777)