Yangi tayinlov

Yangi tayinlov


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoyishi bilan O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari Muzaffarjon Mamasiddiqov O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Ushbu yuksak va mas’uliyatli lavozimga Muzaffarjon Musajonovichning tayinlanishi – uning ko‘p yillik samarali mehnati, yuqori kasbiy mahorati, tashkilotchilik salohiyatining yuksak e’tirofidir. Ishonamizki, M.Mamasiddiqov rahbarligi ostida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi yanada rivojlanib, sohaga zamonaviy yondashuvlar, ilg‘or tajribalar va innovatsion g‘oyalar tatbiq etiladi.

Bugungi tahlikali va o‘zgaruvchan zamonda favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik va ularni bartaraf etish bo‘yicha malakali kadrlarni tayyorlash – yurtimiz xavfsizligi va barqaror taraqqiyoti yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi. Muzaffarjon Musajonovichga yuklatilgan ushbu sharafli mas’uliyatni yuksak professionallik bilan ado etishiga to‘la ishonch bildiramiz.

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi jamoasi Muzaffarjon Musajonovichga mustahkam sog‘lik, kuch-g‘ayrat, ulkan muvaffaqiyatlar, bardavom zafarlar va samarali faoliyat tilaydi!