Huquqni muhofaza qilish akademiyasida bakalavriat talabalarining Markaziy Osiyo Sun’iy intellekt assotsiatsiyasi raisi, sobiq diplomat va huquqshunos Vladimir Imomovich Norov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu uchrashuv davomida Markaziy Osiyoda sun’iy intellektning rivojlanish istiqbollari, uning huquqiy sohaga ta’siri va yosh mutaxassislarning innovatsion texnologiyalarni amalga oshirishdagi o‘rni muhokama qilindi.
Vladimir Imomovich Norov sun’iy intellektni samarali joriy etish uchun huquq, iqtisodiyot va texnologiyalar kabi ko‘p sohalarda bilimga ega bo‘lish zarurligini ta’kidladi.
Talabalar faol ravishda muloqotda ishtirok etib, o‘zlarining sun’iy intellektning kelajagi haqidagi fikrlarini bildirdilar. Uchrashuv akademik muhit va texnologiya sohacining o‘rtasida aloqa o‘rnatish va talabalar uchun yangi texnologiyalar va ularning professional sohadagi imkoniyatlari haqida bilimlarni kengaytirishda muhim qadam bo‘ldi.