O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Rossiyaning Sankt-Peterburg davlat universiteti yuridik fakulteti dekani S.Belov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, shu jumladan akademik almashinuv, istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish, qo‘shma tadqiqotlarni amalga oshirish va Akademiyaning ilmiy-ta’lim salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tashrif doirasida mehmonlar Akademiyaning yangi binosi va o‘quv infratuzilmasi bilan yaqindan tanishib chiqishdi.
Shuningdek, tashrif davomida Akademiya rahbariyati va Sankt-Peterburg davlat universiteti vakillari Akademiya hovlisida daraxt ekdilar. Ushbu ramziy tashabbus Akademiya bilan Sankt-Peterburg davlat universiteti o‘rtasidagi samarali hamkorlik va sheriklikning yangi bosqichini belgilab beradi.