Yangi tayinlangan tuman (shahar) prokurorlari Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan tanishdilar

Yangi tayinlangan tuman (shahar) prokurorlari Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan tanishdilar


Huquqni muhofaza qilish akademiyasida lavozimga yangi tayinlangan tuman (shahar) prokurorlari uchun Akademiyaning Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan tanishtiruv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga Institutning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, raqamli kriminalistikaning zamonaviy usullari, shuningdek, kiberjinoyatlarni aniqlash va tergov qilish sohasidagi dolzarb tadqiqot va ishlanmalar haqida ma’lumot berildi.

O‘quv mashg‘uloti prokurorlarning raqamlashtirish sharoitida huquqni qo‘llash amaliyotidagi kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan. Jinoyatlarni tergov qilish jarayonida huquqni muhofaza qilish organlari va ekspert muassasalar o‘rtasidagi hamkorlik, raqamli dalillar va texnik vositalardan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.