Akademiya talabalari terma jamoasi “Universiada – 2025” musobaqasida 3-o‘rinni egalladi

Akademiya talabalari terma jamoasi “Universiada – 2025” musobaqasida 3-o‘rinni egalladi


2025-yil 4-8-aprel kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Universiada – 2025" doirasida 48 ta OTM jamoalari ishtirokida futbol musobaqasi o‘tkazildi. Huquqni muhofaza qilish akademiyasi talabalarining terma jamoasi yuqori o‘yin darajasini ko‘rsatib, sharafli 3-o‘rnini egalladi.

Akademiya jamoasi bir qator saralash o‘yinlarini muvaffaqiyatli o‘tkazib, yuqori darajadagi taktik va texnik ko‘nikmalarini hamda jamoaviy birdamligini namoyish etdi. Ushbu yutuq Akademiya talabalarining sportdagi professional darajasining navbatdagi tasdig‘i bo‘ldi.

Akademiya jamoasining bir qator ishtirokchilari Toshkent shahri terma jamoasiga tanlanib, kelgusida respublika bosqichida ishtirok etish uchun tayyorgarlik ko‘rishadi. Bu, o‘z navbatida, katta raqobat sharoitida ularning sportdagi mahoratlari darajasini yanada rivojlantirish imkonini beradi.