“Yuridik fan va huquqni qo'llash amaliyotining dolzarb muammolari” mavzusidagi ilmiy-amaliy video-konferensiya

“Yuridik fan va huquqni qo'llash amaliyotining dolzarb muammolari” mavzusidagi ilmiy-amaliy video-konferensiya

2020 yilning 26 may kuni Bosh prokuratura Akademiyasida “Yosh olimlar minbari” ruknida “Yuridik fan va huquqni qo'llash amaliyotining dolzarb muammolari” mavzusidagi ilmiy-amaliy video-
konferensiya bo'lib o'tdi.

Ilmiy-amaliy konferensiya ishida Bosh prokuratura Akademiyasi, Sudyalar oliy maktabi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Yuristlar malakasini oshirish markazi, Harbiy-texnik instituti, Ichki ishlar vazirligi Аkademiyasi, Bojxona instituti, Davlat soliq qo'mitasining malaka oshirish markazining ilmiy xodimlari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari va magistratura tinglovchilari ishtirok etdilar.

Mazkur konferensiyada ishtirokchilar o'tgan davrda davlat-huquqiy, fuqarolik-huquqiy, jinoyat-huquqiy va xalqaro-huquqiy fanlar bo'yicha erishilgan yutuqlar haqida fikr almashdilar, shuningdek oliy ta'lim sohasida korrupsiyaga qarshi kurash muammolari muhokama qilindi.

Konferensiya yakunida yuridik fanni yanada rivojlantirishning istiqbollari xususida xulosa va tavsiyalar ishlab chiqildi.