O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish sohasi uchun professional kadrlar tayyorlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 2025-yil 22-yanvardagi PQ–17-son qaroriga asosan Huquqni muhofaza qilish akademiyasida yangi “Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash” magistratura mutaxassisligi tashkil qilindi.
Mazkur yo‘nalish bo‘yicha Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan ilovadagi nufuzli xalqaro IT-sertifikatga ega nomzodlarni tanlovning mutaxassislik fanlari bo‘yicha “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan imtihon topshirishdan ozod etilishi ma’lum qilinadi.
2025/2026 o‘quv yilida “Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan barcha nomzodlar tomonidan hujjatlarni joriy yilning 10-iyunidan – 31-iyulga qadar Oliy ta’lim, fan va Innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining mydtm.uz elektron platformasi (www.my.uzbmb.uz) orqali topshirishlari mumkin.
Qabulga oid boshqa ma’lumotlar alohida e’lon qilinadi.