Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi doirasidagi tadbirlar

Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi doirasidagi tadbirlar


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi doirasida bir qator tadbirlar tashkil etildi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari bilan hamkorlikda Akademiyaning xodim va talabalari uchun favqulodda vaziyatlar kelib chiqqanda ko‘riladigan choralar va harakatlar bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida amaliy mahorat darslari o‘tkazildi.

Tadbir ishtirokchilariga zilzila, yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlarda amalga oshirish lozim bo‘lgan tezkor chora-tadbirlar va harakatlanish qoidalari aniq misollar yordamida batafsil tushuntirildi va bu borada amaliy ko‘nikmalar shakllantirildi.