2025-yil 17-aprel, Xalqaro gemofiliya kuni munosabati bilan Akademiyada ko‘ngilli qon berish aksiyasi tashkil etildi. Ushbu aksiyaga Akademiya xodimlari, malaka oshirish kurslari tinglovchilari, talabalar, magistrantlar va prokuratura organlari vakillari qo‘shildilar.
Tadbirning asosiy maqsadi – qon quyish zarurati bo‘lgan bemorlar, jumladan qonning ivish tizimi buzilgan bemorlar uchun donor qon zaxirasini ta’minlashdan iborat. Aksiya ishtirokchilari yuqori darajadagi ijtimoiy mas’uliyat, birdamlik va yordam qo‘lini cho‘zishga bo‘lgan intilishlarini namoyish etdilar.
"Bu kabi tadbirlar nafaqat hayotlarni saqlab qoladi, balki bizning har birimizda insoniylik va birdamlikni tarbiyalaydi", – deb ta’kidlashdi tashkilotchilar.
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bu kabi tashabbuslar va xayriya ishlarida faol ishtirok etishda davom etadi.