Anqara Yildirim Boyazid universiteti bilan hamkorlik mustahkamlanmoqda

Anqara Yildirim Boyazid universiteti bilan hamkorlik mustahkamlanmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Anqara Yildirim Boyazid universiteti (Turkiya) rektori, professor Ali Jengiz boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash, akademik almashinuv dasturlarini amalga oshirish, ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida birgalikda ishlash, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, shuningdek, o‘zaro tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan yangi loyiha va tashabbuslar muhokama qilindi.

Tashrif davomida tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish va ularni yanada mustahkamlashga qaratilgan hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi imzolandi. Mazkur hujjatning imzolanishi ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida muvaffaqiyatli hamkorlikni rivojlantirish va ikki akademik muassasa o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladi.