Yoshlarning korrupsiyaga qarshi bilimlarni oshirish bo‘yicha tadbir tashkil etildi

Yoshlarning korrupsiyaga qarshi bilimlarni oshirish bo‘yicha tadbir tashkil etildi


Aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, yosh avlod ongiga halollik qadriyatlarini singdirish Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Shu maqsadda, Akademiya Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, o‘quvchilari va talabalari uchun Virtual akademiyada tashkil etiladigan o‘quv mashg‘ulotlarining kontentlari ishlab chiqilgan.

Yoshlarni Virtual akademiya imkoniyatlaridan foydalanish ko‘nikmalarini oshirish maqsadida Akademiyaning Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi boshlig‘i X.Tursunbekov Qarshi davlat universitetida professor-o‘qituvchilar, talabalar ishtirokida seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

Unda ishtirokchilarga Virtual akademiya platformasi, oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish” maxsus o‘quv kursi, dasturlar va o‘quv materiallaridan foydalanish tartibi batafsil yoritib berildi.

Tadbir talaba-yoshlarda Virtual akademiyaga katta qiziqish uyg‘otishga, shuningdek Akademiya vakiliga mavzuga doir savollar bilan murojaat etib, mazmunli javoblar olishga imkon berdi.