Akademiya tomonidan “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi bilan hamkorlikda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Seminarda Huquqni muhofaza qilish akademiyasining Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi boshlig‘i X.Tursunbekov ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Ma’ruzachi ishtirokchilarga ta’lim tizimidagi korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning ahvoli, mavjud bo‘lgan xavf-xatarlar, yosh avlod ongiga halollik qadriyatlarini singdirishda Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi elektron platformasining o‘rni, o‘quv dasturlari va materiallaridan foydalanish bo‘yicha tartib-qoidalar haqida batafsil tushuntirish berib o‘tdi.