Professor-o‘qituvchilar salohiyatini yanada yuksaltirish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi

Professor-o‘qituvchilar salohiyatini yanada yuksaltirish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi


O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish akademiyasi professor-o‘qituvchilarning salohiyatini oshirishga qaratilgan izchil ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Mazkur yo‘nalishda navbatdagi tadbir Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalarni qabul qilish va rasmiylashtirish ofisi boshlig‘i I.A.Mo‘minov ishtirokidagi seminar-trening bo‘ldi.

Tadbirda Akademiya professor-o‘qituvchilari va xodimlari oliy ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimini joriy etish va o‘quv jarayonlarini tashkillashtirish, bunda tinglovchi va talabalarni baholash masalalari atroflicha muhokama qilib, muvaffaqiyatli tajribalar bilan yaqindan tanishdilar.

Seminar-trening davomida Akademiya professor-o‘qituvchilari va xodimlarining barcha savollariga javoblar berildi.