Xalqaro davra suhbati natijalari haqida

Xalqaro davra suhbati natijalari haqida

Joriy yilning 26 may kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida “Biznes sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda xalqaro arbitrajning roli” mavzusida online rejimida xalqaro davra suhbati o'tkazildi.

Xalqaro davra suhbatida chet ellik ekspertlar – Qozog'istondagi “Astana” xalqaro moliya markazi sudi apparatining (MFTSA) rahbari, Britaniya Qirolligi Arbitrlari institutining a'zosi, N`yu-York shtati advokatlari xay'atining a'zo

si, nizolarni samarali hal etish Markazining akkreditatsiyadan o'tgan mediatori Kristofer Kempbell-Xolt, Londonda arbitraj ishlari bo'yicha advokatlik amaliyoti bilan shug'ullanayotgan “Enyo Law London” advokati G.B.Saitazizova, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining sud`yalari, prokuratura organlarining xodimlari, Bosh prokuratura Akademiyasining professor-o'qituvchilari va magistrantlari, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, O'zbekiston Advokatlar palatasi, o'quv hamda ilmiy muassasalarning vakillari, ilmiy xodimlari, mustaqil izlanuvchilar ishtirok etdilar.

Tadbirda mamlakatda qonunchilikni yanada takomillashtirish borasidagi ishlar xususida alohida to'xtalib, O'zbekistonda xalqaro arbitraj faoliyatini rivojlantirish, arbitraj faoliyatini tartibga solishga qaratilgan qonunchilikning ishlab chiqilishi va bu yo'nalishdagi muammolar bilan bog'liq masalalar muhokama etildi.

Ishtirokchilar diqqatiga xalqaro tijorat arbitrajlarining investorlar huquqlarini himoya qilishdagi roli, chet davlat arbitraji qarorlarini tan olish va ijroga qaratish bilan bog'liq ishlarni ko'rish bo'yicha sud amaliyoti, investor va davlat o'rtasidagi nizolarni hal etish mexanizmlari, xalqaro tijorat arbitrajlarining zamonaviy tendentsiyalari, arbitraj nizolarini hal etish institutini rivojlantirish istiqbollari, arbitrajlarda advokat ishtiroki, xalqaro tijorat arbitrajining huquqiy asoslarini shakllantirish masalalari bo'yicha ma'ruzalar taqdim etildi.

O'z navbatida xorijiy ekspertlar xalqaro arbitraj bilan bog'liq xalqaro normalar va qoidalar xususida, bir qator chet el davlatlari qonunchiligi, arbitraj qarorlarining ijrosini ta'minlash xususiyatlari borasida ma'lumot berib o'tdilar.

Qozog'istondagi “Astana” xalqaro moliya markazi sudi apparatining (MFTSA) rahbari, Britaniya Qirolligi Arbitrlari institutining a'zosi Kristofer Kempbell-Xolt o'zining “Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlarini himoya qilishda xalqaro arbitraj va sudlarning roli” mavzusidagi ma'ruzasida Qozog'istondagi “Astana” xalqaro moliya markazi sudining xalqaro nizolarni hal etish bilan bog'liq faoliyati, xalqaro arbitrajga murojaat qilish, ishlarni hal qilish hamda arbitraj qarorlarini ijroga qaratish tartibi yuzasidan batafsil ma'lumot berib o'tdi.

Xorijiy ekspertlar tomonidan davra suhbatida ko'tarilgan masalalarning dolzarbligi alohida ta'kidlanib, mazkur yo'nalishdagi hamkorlik davom ettirilishi yuzasidan fikr bildirildi.

Tadbir natijalariga ko'ra xalqaro davra suhbati hujjatlari to'plamini chop etish yuzasidan tavsiya berildi.