Huquqni muhofaza qilish akademiyasi professor-o‘qituvchilari va xodimlari uchun Kasbiy psixologiya va boshqaruv faoliyati kafedrasi mutaxassislari tomonidan inson hayotidagi psixologik muammolar va ularni hal etish usullariga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi.
Tadbir ishtirokchilari shaxs psixologik tuzilmasida yuzaga keladigan ziddiyatlar, insonda turli negativ hissiyotlar uyg‘otuvchi destruktiv xulq shakllari va ularni tuzatish imkoniyatlari haqida gaplashib o‘tildi.
Seminarda insonda psixologik muammolarni ogohlantiruvchi muhim psixologik holat – harakatlarning anglanganligini ta’minlash tamoyilini hayotga joriy etib borish va bu borada bajarilishi lozim bo‘lgan psixologik mashqlar haqida ham so‘z bordi.
Seminar-trening davomida Akademiya professor-o‘qituvchilari va xodimlarining barcha savollariga javoblar berildi.