Akademiya 2025 yilgi Times Higher Education Asia University Rankings reytingidan o‘rin oldi

Akademiya 2025 yilgi Times Higher Education Asia University Rankings reytingidan o‘rin oldi


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi nufuzli Times Higher Education (THE) Asia University Rankings (Osiyo universitetlari) 2025 reytingiga “reportyor" maqomi bilan kirdi.

2025 yilgi Osiyo universitetlari reytingi 40 ga yaqin davlatdan 1 200 dan ortiq muassasalarni qamrab olgan. Mazkur reytingda ilk bor 4 davlat, shu jumladan O‘zbekiston universitetlari e’tirof etilmoqda. Reytingda Xitoy universitetlari yetakchilikni saqlab qolmoqda.

Reyting 18 ta mezon va 5 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha universitetlarning faoliyatini baholaydi: ta’lim, ilmiy tadqiqot muhiti, tadqiqotlar sifati, amaliyot va xalqaro hamkorlik.

Ushbu reytingdagi e’tirof Akademiyaning huquqni muhofaza qilish sohasidagi ta’lim va tadqiqotlarni rivojlantirishga, xalqaro hamkorlikni kengaytirishga, hamda zamonaviy akademik muhitni yaratishga bo‘lgan intilishlarining e’tirofi hisoblanadi.