Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Davlat-huquqiy fanlar kafedrasi tomonidan “Orzudagi professor-o‘qituvchi yoki bir varaqli reja" mavzusida professor-o‘qituvchilar va xodimlar uchun trening o‘tkazildi.
Treningda ishtirokchilari zamonaviy professor-o‘qituvchi qiyofasi, uning fazilatlari va o‘quv jarayoniga innovatsion metodlarni qo‘llash masalalarini muhokama qilishdi.
Shuningdek tadbirda talabalar bilimini baholash, interaktiv dars o‘tish, kredit-modul tizimi sharoitida o‘quv jarayonlarini tashki etish va talabalarni loyiha boshqaruviga asoslangan holda o‘qitish masalalari keng yoritildi.
Seminar-trening davomida Akademiya professor-o‘qituvchilari va xodimlarining savollariga javob berildi.