“Yosh kitobxon” klubiga a’zo talabalar ma’rifiy tadbirda ishtirok etdi

“Yosh kitobxon” klubiga a’zo talabalar ma’rifiy tadbirda ishtirok etdi


Huquqni muhofaza qilish akademiyasida tahsil olayotgan talabalardan tashkil topgan “Yosh kitobxon” klubi a’zolari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida tashkil etilgan ma’rifiy tadbirda ishtirok etdilar.

Tadbir doirasida yozuvchilar, adabiyotshunoslar va kitobxon yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etildi. Unda zamonaviy o‘zbek adabiyoti, badiiy ijod, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mualliflar o‘z asarlaridan parchalar o‘qib eshittirdilar, ishtirokchilar esa o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilish imkoniga ega bo‘ldilar.

“Yosh kitobxon” klubi a’zolari mazkur tadbirda qatnashish orqali nafaqat adabiyot olamidagi yangiliklar bilan yaqindan tanishdilar, balki ma’naviy boylik va estetik ta’lim olish imkoniyatiga ham ega bo‘ldilar.

Ma’rifiy uchrashuv talabalarda yurt tarixiga, adabiyotiga va ma’naviy merosiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi. Bunday tadbirlar, shubhasiz, kelajak huquqshunoslarini har tomonlama yetuk, intellektual salohiyatli va ma’naviy jihatdan boy shaxs sifatida shakllantirishga xizmat qiladi.