Talabalar jamoasi xalqaro tanlovda ishtirok etdi

Talabalar jamoasi xalqaro tanlovda ishtirok etdi


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Kratos” jamoasi joriy yilning 21-25-aprel kunlari Moskva shahrida o‘tkazilgan “Xalqaro gumanitar huquq” bo‘yicha F.F.Martens nomidagi XXVI yubiley tanlovining final bosqichida ishtirok etdi.

F.F.Martens nomidagi tanlov xalqaro gumanitar huquq normalarini qurolli mojarolar sharoitida qo‘llash bo‘yicha talabalar o‘rtasida o‘tkaziladigan yetakchi xalqaro maydonchalardan biri hisoblanadi. Har yili mazkur tanlovda turli davlatlarning yetakchi yuridik oliy ta’lim muassasalari jamoalari ishtirok etadi.

Joriy yilda saralash bosqichi natijalariga ko‘ra musobaqada Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan 28 ta jamoa ishtirok etdi.

"Kratos" jamoasi yuqori darajada tayyorgarlik, xalqaro gumanitar huquq sohasida chuqur bilim, shuningdek, huquqiy tahlil va argumentatsiya bo‘yicha mukammal mahoratini namoyish etdi.

Tanlov davomida ishtirokchilar murakkab amaliy vazifalarni muvaffaqiyatli bajarib, munosib tarzda ishtirok etdi.