Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda jamiyat xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda Akademiyaning Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi boshlig‘i Xudoyberdi Tursunbekov ishtirokchilarga mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida ma’ruza qildi.
Shuningdek, Davlat Rahbari tomonidan joriy yilning 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning kengaytirilgan yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar va ularning ijrosini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yangi tizimni joriy etishga qaratilgan Prezidentimiz tomonidan 21-aprelda qabul qilingan PF-71-son Farmoni bo‘yicha tushuntirishlar berildi.