Akademiyada talabalarning nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash, ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ta’lim jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlashga qaratilgan dual ta’lim tizimi joriy etilib, izchil amalga oshirib borilmoqda.
Talabalar tizimli ravishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarida amaliyot va stajirovkalarga jalb qilinib, kasbiy malakalarini shakllantirib bormoqda. Navbatdagi amaliy mashg‘ulotlar Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasining Yagona tezkor boshqaruv markazi, Maxsus qabulxonasi, shuningdek Post-patrul xizmati saf bo‘linmasida tashkil etildi.
Talabalar ushbu mashg‘ulotlar davomida soha mutaxassislaridan jinoyatlarni o‘z vaqtida aniqlash, fosh etish va oldini olish amaliyoti, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatini amalga oshirishning usul va vositalari haqida amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.