Akademiyada BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi (UNODC) mintaqaviy vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari A.Fedulov hamda tashkilot vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda Akademiya, uning asosiy faoliyat yo‘nalishlari haqida qisqacha ma’lumot berilib, hamkorlik istiqbollari, shu jumladan raqamli dalillar, sud ekspertiza masalasida salohiyatni oshirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashindi.
Tashrif doirasida mehmon Akademiya infratuzilmasi va maxsus o‘quv xonalari bilan yaqindan tanishtirildi.