9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Huquqni muhofaza qilish akademiyasida turkum tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Bayram arafasida Akademiya rahbariyati va talabalari urush faxriylari holidan xabar olishdi.
Urush ishtirokchilari – milliy g‘ururimiz va or-nomusimiz ramzi sifatida xalqimizning doimiy e’tibori va e’zozida bo‘lib kelmoqdalar. Bugungi tinch, ozod va farovon hayot uchun o‘z jonini ayamagan bu ulug‘ insonlar oldida elimiz va davlatimiz doimo minnatdordir.
Qahramonlarimizning Vatan oldidagi beqiyos xizmatlari munosib e’tirof etildi. Ularga ezgu tilaklar bildirildi, moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatildi. Ushbu tashabbus urush faxriylarining yuragida chuqur taassurot qoldirdi.
Jonli muloqot, samimiy suhbatlar va faxriylar duolari barcha ishtirokchilarni ruhlantirdi.
Bizning muqaddas burchimiz – tinch hayotni bag‘ishlagan, jasorat va fidokorlik namunasini ko‘rsatgan bu insonlarni doimo qadrlash, ulug‘lash va kelajak avlod uchun ibrat sifatida targ‘ib etishdan iboratdir.
Bundan tashqari Akademiya professor-o‘qituvchilari, xodimlar va talabalar uchun qatag‘on qurboni bo‘lgan Muhammadjon Muminov va Dilora Yusupova hayotiga bag‘ishlangan “Ma’rifat yo‘lida jon fido!” deb nomlangan sahna ko‘rinishi namoyish etildi.